Biologiya kafedrasi

Biologiya kafedrasida jami 11nafar o‘qituvchi bo‘lib, shundan 6 nafari asosiy shtatda, 5 nafari  o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Kafedrada o‘qituvchilarining bir nafari fan doktori, ikki nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Kafedra pedagog kadrlarining 5 nafari bosh o‘qituvchi, 2 nafari yetakchi o‘qituvchi, 2 nafari katta o‘qituvchi va 2 nafari oliy ma’lumotli o‘qituvchilardir.

 Biologiya kafedrasida quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

  • Botanika;
  • Zoologiya;
  • Odam va uning salomatligi ;
  • Xujayra biologiyasi ;
  • Evolyusion talimot
  • Ekologiya asoslari.

Biologiya kafedrasi o‘qituvchilari akademik litseyning o‘quv, uslubiy, ilmiy, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedrada yaratilgan sog‘lom ijodiy muhit o‘qituvchilarning o‘z ustida tinmay ishlashga undaydi. O‘qitish sifatini oshirish, o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish, ochiq darslarni o‘tkazish kabi masalalar kafedra yig‘ilishlari va seminarlarida muntazam muhokama qilinadi. Kafedra o‘qituvchilari akademik litseylar uchun o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar yaratishda ishtirok etib kelishmoqda. O‘qituvchilar tomonidan yaratilgan ko‘plab ilmiy maqolalar respublika va xalqaro jurnallarda,  shuningdek, xalqaro va respublika konferensiyalarida e’lon qilingan.

Kaferda o‘qituvchilari akademik litseyning ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol katnashib, turli tadbirlar litsey o‘quvchilarining ma’nan yuksak axloqli shaxslar sifatida kamol topishida o‘ziga xos tarbiya beshigi vazifasini o‘tab kelmoqda, mashhur tarixiy sanalar, bayram va shodiyona kunlariga bag‘ishlangan tadbirlar akademik litsey o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlari va iqtidorlarini namoyon etish uchun katta imkoniyat maydoni sifatida xizmat qiladi.

Kafedra o‘qituvchilari har yili  biologiya fanidan Respublika va Xalqaro olimpiadalarida litsey o‘quvchilarining nufuzli o‘rinlarni egallashda o‘zining salmoqli ulushini qo‘shmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabridagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari tug‘risida”gi  PQ-4910 sonli qaroriga asosan akademik litsey  va turli oliy talim muassasalari bilan Innovatsion xamkorlik shartnomalari tuzilib ko‘rgazmali darslar tashkil etilmoqda.

Shartnomalarga muvofiq Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti o‘qituvchilari bilan o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish hamda o‘quv, ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar o‘tkazish, fanlar bo‘yicha ishchi dasturlarini takomillashtirish, ularning davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv reja va dasturlariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘llanma, elektron darslik), ilmiy, uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi materiallarni tayyorlashda amaliy yordam berish, ta’lim jarayoniga ilg‘or o‘qitish uslublarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini dars mashg‘ulotlarida qo‘llash, institut kafedralari tasarrufidagi auditoriyalar, kutubxona, o‘quv xonalaridan foydalanishga imkon yaratish, akademik litseydagi iqtidorli o‘quvchilar bilan kafedralar professor-o‘qituvchilarining qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishlariga shart-sharoit yaratib berish, akademik litsey o‘qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, hamkorlikda ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy materiallar  nashr ettirish, akademik litseyda va oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish, umumbashariy va milliy qadriyatlarni e’zozlashga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, insoniy fazilatlarni qadrlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish kabi sohalarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda kafedrada institut kafedralari bilan mazkur shartnomalar asosida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida mazkur universitetning Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari bilan o‘quvchilari xalqaro olimpiadalarga tayyorlash, o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha yaqindan aloqa o‘rnatishgan.

Oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chora-tadbirlarning Yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan va bugungi kunda bu tadbirlar reja asosida amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari kafedra o‘qituvchilari Yuqori Chirchiq maktab o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslari uchun namunaviy ochiq darslar o‘tib,ularni salohiyatini oshirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Akademik litseyda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda kafedra o‘qituvchilari muntazam va faol ishtirok etishmoqda. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘sib kelayotgan navqiron avlod qalbida eng muqaddas tushunchalarga muhabbat, hurmat tuyg‘ularini oshirib, o‘z tug‘ilgan tuprog‘iga bo‘lgan muhabbat, ota-bobolarni izzat qilish, ustozlarni e’zozlash, ota-onalarni qadrlash kabi insoniy fazilatlarni ulug‘laydi.

Har o‘quv yilida biologiya kafedrasida fanlar oyligi o‘tkaziladi. Unda ochiq darslar, seminar, adabiy-badiiy kechalar, konferensiya, KVN va fanlar bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, akademik litsey foyesida devoriy gazetalar ko‘rgazmasi, o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan fanga oid ko‘rgazmalar, uslubiy va ilmiy maqolalar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Kafedra o‘qituvchilari muzeylarga, shoir va yozuvchilarning uy-muzeylariga, milliy kutubxonaga sayohatlar uyushtiradilar, ochiq darslar tashkil etadilar. Bunday tadbirlar darslarni noan’anaviy tarzda olib borishga, o‘tiladigan mavzuning o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt qolishiga, ularning dunyoqarashini kengaytirishiga, qolaversa mavzu bo‘yicha juda ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishiga turtki bo‘ladi.

Kafedra o‘qituvchilari darsdan so‘ng o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli fan to‘garaklar yuritishadi. Jumladan:

1. “ Eramurus “

2.“ Yosh Biotexnologlar ”

3.“ Yosh botaniklar “

4.“Yunыy biolog”

5.“Yosh biologlar”

6.“Yosh zoologlar”

Kafedrada uztoz-shogird maktabi yaratilgan bo‘lib, unda tajribali o‘qituvchilarga kafedraning yosh o‘qituvchilari biriktirilgan. Ushbu maktabda tajribali o‘qituvchilar yosh o‘qituvchilarning darslarini muntazam tahlil qilib, dars sifatini oshirish borasida amaliy yordam ko‘rsatadilar.