Kimyo kafedrasi

Kimyo kafedrasida jami 8 nafar o‘qituvchi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya bermokda. Ulardan 6 nafari bosh o‘qituvchi, 1 nafari katta o‘qituvchi va 1 nafari oliy ma’lumotli o‘qituvchi. O‘qituvchilarning 6 nafari asosiy shtatda, 2 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada 1 nafar o‘qituvchi fan nomzodi ilmiy darajasiga ega, 3 nafar o‘qituvchi falsafa fanlari doktori (PChD) ilmiy darajasiga ega. Kimyo kafedrasida quyidagi fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladi:

  1. Umumiy kimyo
  2. Anorganik kimyo
  3. Organik kimyo
  4. Kasbiy fanlar: Kimyo laboranti

Kimyo kafedrasi o‘qituvchilari akademik litseyning o‘quv, uslubiy, ilmiy, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etib kelmokdalar. Kafedrada sog‘lom ijodiy muxit yaratilgan bo‘lib, kafedra o‘qituvchilari o‘z ustida tinmay ishlab kelmoqdalar. O‘qituvchilarda ijodkorlik ruhi ustivor. O‘qitish sifatini oshirish, o‘quv-uslubiy majmualar yaratish, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop nashrlar va ochiq-namunaviy-ko‘rgazmali-nostandart-noan’anaviy darslar o‘tkazish kabi masalalar kafedraning yig‘ilishlari va seminarlarda muntazam muhokama qilinadi. Kafedra o‘qituvchilarining darslari va faoliyati respublika miqyosida ommalashtirilgan. Kafedra o‘qituvchilari akademik litseylar uchun Davlat ta’lim standartlari (DTS), namunaviy o‘quv dasturlar, darsliklar, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar yaratishda ishtirok etib kelmokdalar. O‘qituvchilar tomonidan ko‘plab ijod qilingan ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar respublika va xalqaro jurnallar, ilmiy to‘plamlarda e’lon qilingan. Kafedraning bir qancha o‘qituvchilari yangilik, ixtiro uchun davlat guvohnomalari va patentlariga ega.

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan xar bir o‘qituvchi tasdiqlangan reja asosida xar o‘quv yilida kamida bir marta ochiq dars, namunali dars, nostandart dars, ko‘rgazmali dars, noan’anaviy dars yoki master-klass darslaridan birini o‘tib beradi. 

 Ochiq darslarga akademik litsey rahbariyati, boshqa kafedralarning tajribali va yosh o‘qituvchilari, ota-onalar  va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari taklif qilinadi. Ochiq dars – har bir o‘qituvchi uchun mas’uliyatli va jiddiy sinov. O‘qituvchi bu jarayonda o‘zining butun tajribasi va qobiliyatini namoyon qilishi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda fanning eng so‘nggi yutuqlarga asoslanib namunali va qiziqarli dars mashg‘uloti o‘tishi, ko‘zlangan maqsadga va o‘quvchilarning yuz foiz faolligiga to‘liq erishilishi talab etiladi. Ochiq darslarning natijalari kafedrada muhokama etilib, tegishli xulosalar beriladi va ularning sifatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi.  

Kafedra o‘qituvchilari o‘quvchilarni kimyo fanidan respublika va xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash va ularda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishlari uchun juda ko‘p samarali mehnat qilmoqdalar. Ular tayyorlagan o‘quvchilar kimyo fanidan o‘tkazilgan xalqaro olimpiadalarda ko‘p marotaba sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar. Jumladan:

Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida akademik litsey o‘quvchilari 2008-2021 yillar davomida jami 41 ta medal qo‘lga kiritishgan, shundan 5 tasi oltin, 13 tasi kumun va 23 tasi bronza medallaridir.

Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad — IChO) da 2013-2020 yillar davomida litsey o‘quvchilari mazkur olimpiadada har yili ishtirok etishib, 2 ta oltin, 6 ta kumush, 9 bronza, jami 17 ta medal sohibi bo‘lishgan. 

ChemiCo xalqaro kimyo tanlovi (International Chemistry Competition ChemiCo) akademik litsey o‘quvchilari 2018,  2019 va 2020 yillarda ishtirok etib, 3 ta oltin, 5 ta kumush va 11 ta bronza, jami 19 ta medalni qo‘lga kiritganlar.

Kaferda o‘qituvchilari tarbiyaviy ishlarda ham faol qatnashadi, 3 nafar o‘qituvchilarimiz 104, 105, 106- guruhlarning rahbari sifati o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishmoqda. Akademik litseyda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda kafedra o‘qituvchilari muntazam va faol ishtirok etishmoqda.

Har o‘quv yilida kimyo fan oyligi o‘tkaziladi. Unda ochiq darslar, seminar, konferensiya, KVN va fanlar bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, akademik litsey foyesida devoriy gazetalar ko‘rgazmasi, o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan fanga oid ko‘rgazmalar, uslubiy va ilmiy maqolalar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan quyidagi to‘garaklar mavjud:

  1. “Yosh kimyogarlar” to‘garagi;
  2. “Kimyo va atrofdagi olam” to‘garagi;
  3. “Siz kimyoni bilasiz-mi?!” to‘garagi;
  4. “Ximiya i jizn” to‘garagi;
  5. “Uvlikatelnaya ximiya” to‘garagi;
  6. “Zanimatelnaya ximiya” to‘garagi.

Kafedrada uztoz-shogird maktabi yaratilgan bo‘lib, unda tajribali o‘qituvchilarga kafedraning yosh o‘qituvchilari biriktirilgan. Ushbu maktabda tajribali o‘qituvchilar yosh o‘qituvchilarning darslarini muntazam tahlil qilib, dars sifatlarini oshirish borasida amaliy yordam ko‘rsatadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarorida belgilangan  vazifalarni amalga oshirish maqsadida Kimyo kafedrasi bilan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining “Kimyo, biologiya va biologikkimyo” kafedrasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti (UNKI), akademik S.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi (IXRV), O.S.Sodiqov nomidagi Biorganik moddalar kimyosi instituti (IBOX), O‘zbekiston Milliy Universiteti (O‘zMU) kimyo fakulteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) tabiiyot fanlari fakulteti, Chirchik davlat pedagogika universiteti (ChDPU) tabiiyot fanlari fakulteti, Toshkent davlat agrar universiteti (TashDAU) fizika va kimyo kafedralari  o‘rtasida hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shartnomalarga muvofiq o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish hamda o‘quv, ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar o‘tkazish, fanlar bo‘yicha ishchi dasturlarini takomillashtirish, ularning davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv reja va dasturlariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘llanma, elektron darslik), ilmiy, uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi materiallarni tayyorlashda amaliy yordam berish, ta’lim jarayoniga ilg‘or o‘qitish uslublarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini dars mashg‘ulotlarida qo‘llash, institut kafedralari tasarrufidagi auditoriyalar, kutubxona, o‘quv xonalari va laboratoriya xonalaridan foydalanishga imkon yaratish, akademik litseydagi iqtidorli o‘quvchilar bilan kafedralar professor-o‘qituvchilarining qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishlariga shart-sharoit yaratib berish, akademik litsey o‘qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, hamkorlikdagi ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy materiallar  nashr ettirish, akademik litseyda va institutda o‘tkazilayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish, umumbashariy va milliy qadriyatlarni e’zozlashga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, insoniy fazilatlarni qadrlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish kabi sohalarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda kafedrada institut kafedralari bilan mazkur shartnomalar asosida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari 4910-Qarorni bajarish maqsadida, kafedra o‘qituvchilari litseyimiz rahbariyatining tavsiyasi asosida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani va Sirdaryo viloyatining Guliston shaharlarida seminarlar tashkil qilib, tumanlarning 40 dan ortiq umumta’lim maktablarining o‘quvchilariga master-klass darslarini muntazam ravishda o‘tkazib kelishmoqda. Iqtidorli o‘quvchi yoshlarni saralash va IQ testlari orqali ajratib olib, ular bilan yana alohida qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari orqali ishlab kelinmoqda.