Xalq ta’limi vazirligi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Navbatdagi muzokaralar Moskva davlat universiteti prorektorlari Yuriy Mazey va Tatyana Kortava, yetakchi olimlar Valentin Nenaydenko va Vladimir Chub bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv  davomida kimyo bo‘yicha Xalqaro Mendeleev olimpiadasi direksiyasi rahbari Valentin Nenaydenko o‘zbekistonlik o‘quvchilarning so‘nggi paytda ko‘rsatayotgan natijalarini e’tirof etib, bunda alohida o‘rinni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik  litseyda shakllangan ilmiy maktab egallashini qayd etdi. 

Muzokaralar davomida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini jahon olimpiadalariga tayyorlash jarayoniga MDU olimlarini trener sifatida jalb qilish hamda ikki davlat yoshlari ishtirokida hamkorlikda qo‘shma  yig‘inlar, yozgi ta’til vaqtida o‘zbek va rus o‘quvchilari o‘rtasida «Onlayn olimpiada» o‘tkazilishiga kelishildi.