BIOLOGIYA KAFEDRASI O'QITUVCHILARI

Abdurazzoqova Vasila Miraxmatovna

O‘quv-metodik bo‘limi boshlig‘i, Biologiya kafedrasi mudiri

Abdurazakova Vasila Miraxmatovna akademik litseyda O‘quv bo‘limi mudiri hamda Biologiya kafedrasi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1985 yilda Toshkent tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi) stomatologiya fakultetini stomotoloiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2006 yilda Kasbiy ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha qayta tayyorlash kursini bitirgan. V.M.Abdurazakova 2003 yildan akademik litseyida biologiya o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. 2007 yildan kafedra mudiri, 2014 yildan O‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U O‘quv bo‘limi boshlig‘i sifatida dars sifatini yaxshilash, o‘quv-metodik hujjatlarni takomillashtirish, o‘quvchilarni mahalliy va xalqaro olimpiadalarga faol ishtirok etishlrini ta’minlash, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirishlari uchun sifatli tayyorlashga alohida e’tibor berib kelmoqda. Kafedra mudiri sifatida har o‘quv yilida kafedra oyliklarini tashkil etib o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajaradi. Kafedra o‘qituvchilariga o‘quv-uslubiy hujjatlarni mukammal darajada ishlab chiqishilarida, dars mashg‘ulotlarini qiziqarli hamda samarali o‘tkazishlarida muntazam ravishda uslubiy yordam berib kelmoqda. V.M. Abdurazakova pedagogik jamoa va ota-onalar hamda o‘quvchilar orasida alohida hurmatga ega.

Muxamedova Mukambar Djuraevna

Biologiya kafedrsi bosh o‘qituvchisi

Muxamedova Mukambar Djuraevna biologiya fanidan dars beradi, asosiy shtatda bosh o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. 1987 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (ToshDU)ga o‘qishga kirib, 1992 yilda imtiyozli tamomlagan. Shu yilning o‘zida Toshkent pediatriya tibbiyot institutda mehnat faoliyatini boshladi. 1997 yildan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot instituti litseyda ishlab kelmokda. 2001 yilda “Gossipol xosilalarining shikastlangan gepatotsitlarga ta’sir etish xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya kilgan. 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. M.D. Muxamedova 2012 yildan 2021 yilga qadar biologiya fanidan Respublika va Xalqaro olimpiadalarida litsey o‘quvchilarining nufuzli o‘rinlarni egallashda o‘zining salmoqli ulushini qo‘shdi va shu bilan birga Xalqaro biologiya olimpiadasida O‘zbekiston tomonidan jyuri bo‘lib kelmokda. Jumladan, 2012 yilda Singapurda bo‘lib o‘tgan 23-Xalqaro fan Olimpiadasida, 2015 yilda Daniyada bo‘lib o‘tgan 26-Xalqaro fan Olimpiadasida, 2016 yilda Vetnamda bo‘lib o‘tgan 27-Xalqaro fan Olimpiadasida, 2018 yilda biologiyadan Eronda bo‘lib o‘tgan 29-Xalqaro fan Olimpiadasida, 2019 yilda biologiyadan Vengriyada bo‘lib o‘tgan 30-Xalqaro fan Olimpiadasida, 2019 yilda Katarda bo‘lib o‘tgan tabiiy fanlar bo‘yicha o‘smirlar olimpiadasi (IJSO) da O‘zbekiston jamoasi tomonidan jyuri bo‘lgan. 2016 yilda uning o‘kuvchisi Xidirov Davlat biologiya fan olimpiadasining Respublika boskichida imtiezli 3-o‘rinni, Vetnamda bo‘lib o‘tgan 27-Xalkaro fan Olimpiadasida 4-o‘rinni olgan. 2018 yilda o‘quvchisi Kudratova Xosiyatxon biologiyadan Eronda bo‘lib o‘tgan 29-Xalqaro fan Olimpiadasida 4-o‘rin qo‘lga kiritgan. 2019 yilda ukuvchilarimiz Kudratova Xosiyatxon va Valijanova Saidaxonlar biologiyadan Vengriyada bo‘lib o‘tgan 30-Xalqaro fan Olimpiadasida kumush medal sohibi bo‘lishgan. 2020 yilda Valijanova Saidaxon biologiyadan Yaponiyada onlayn bo‘lib o‘tgan 31-Xalkaro fan Olimpiadasida oltin medal sohibi bo‘lgan M.D. Muxamedova o‘quvchilarda ilmiy izlanishlarga qiziqtirish maqsadida ham juda ko‘p ishlar olib bormokda. Jumladan, 2017 yilda ToshPTI talabalarining ilmiy anjumanida ishtirok etgan litsey o‘quvchisi Yaxshilikova Muxayyoning “Genetically modified organisms” mavzusidagi ishiga ilmiy rahbarlik qilgan. 2018 yilda ToshPTIda yosh olimlar ilmiy –amaliy anjumanda litsey o‘quvchisi Kudratova Xosiyatxonning “Mitoxondriya DNK mutatsiyasi tufayli kelib chiqadigan kasalliklarni gen terapiyasi” mavzusidagi ishiga ilmiy rahbarlik qilgan. 2019 yil litsey o‘quvchisi Kudratova Xosiyatxon fan yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofati uchun saralashning viloyat boskichida g‘olib bo‘lgan. M.D. Muxamedova doimiy ravishda o‘z malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. U har bir ishda tashabbuskor, to‘g‘riso‘z, kasbdoshlariga mehribon va g‘amxo‘r. Jamoada va o‘quvchilar orasida alohida hurmatga ega.

Koval Tatyana Yurevna

Biologiya fani o'qituvchisi

Koval Tatyana Yurevna biologiya fanidan dars beradi, biologiya fani nomzodi. 1979 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) biologiya fakul’tetini Biologiya va biokimyo o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Akademik litseyda 1997 yildan buyon ishlab kelmoqda. Mehnat faoliyati davomida yuqori malakali pedagog sifatida o‘zini ko‘rsatdi. U ta’lim bergan o‘quvchilarning respublika va xorijdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichining yuqoriligi bilan ajralib turadi. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajaradi. T.Yu. Koval 2010 yildan litsey o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda alohida hissa qo‘shdi. U tayyorlagan o‘quvchilar bir necha bor biologiya bo‘yicha xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlari qo‘lga kiritishgan. T.Yu. Koval hozirgi kunda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva dvlat universiteti biologiya fakulteti mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda faol ishtirok etmoqda.

Abduraxmanova Iqbolxon Yulchiyevna

Biologiya kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Abduraxmanova Iqbolxon Yulchievna biologiya fanidan dars beradi. 1995 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) biologiya fakultetini tamomlagan, ixtisosligi Biolog. Biologiya va kimyo o‘qituvchisi. Mehnat staji 31 yil. I.Yu. Abduraxmanova kademik litseyda 2011 yildan buyon ishlamoqda. Tajribali pedagog sifatida dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan mohirona foydalanib, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash sohasida samarali mehnat qilib kelmoqda. 2017 yildan buyon T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida mustaqil ilmiy tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Ilmiy natijalar bo‘yicha Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etgan, shuningdek ko‘plab ilmiy jurnallarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Jumladan, International Journal of Advanced Science and Technology jurnalida «Scientific And Methodical Bases Of The Use Of Electronic Educational Resources In Teaching Biology In General Educational Schools» nomli maqolasi chop etilgan. I.Yu. Abduraxmanova ta’lim berayotgan o‘quvchilari biologiya fanidan respublika va xalqaro miqyosida o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida faol ishtirok etmoqdalar. Jumladan, Ravshanova Yulduz Indoneziya davlatining Bali shahrida o‘tkazilgan 25-Xalqaro biologiya Olimpiadasida, Mirsultonov Yunus Daniyaning Orxus shahrida o‘tkazilgan 26–Xalqaro biologiya olimpiadasida, Bozorova A’lo Vetnamning Xanoy shahrida o‘tkazilgan 27–Xalqaro biologiya Olimpiadasida, Usmonova Xonzoda Vengriyaning Seged shahrida o‘tkazilgan 30-Xalqaro biologiya Olimpiadasida ishtirok etgan. Nozimova Nozima biologiya fanidan o‘tkazilgan respublika olimpiadasining respublika bosqichida faxrli birinchi o‘rin sohibasi bo‘lgan. I.Yu. Abduraxmanova umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11 sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun «Biologiya» darsligi (7 tilda) hammuallifi, «Ilm sari ilk qadam» nomli ilmiy – tadqiqot faoliyati daftari, «Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini takomillashtirish» nomli metodik qo‘llanma, «Umumta’lim maktablarida yangi avlod elektron ta’lim resurs vositalaridan foydalanish» (10–sinf) nomli elektron darslik va elektron qo‘llanma muallifidir. O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining I–OT–2019–8 «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv–metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» nomli innovatsion loyihasida faoliyat olib boradi. Yaratilgan elektron o‘quv–uslubiy qo‘llanmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi» DGU 09034–son mualliflik guvohnomasini olgan.

Aburaxmonova Nargiza Xikmatullayevna

Biologiya kafedrasi oliy ma’lumotli o‘qituvchisi

Abduraxmonova Nargiza Xikmatillaevna biologiya fanidan dars berdi. 2012 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Biologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatini, 2014 yilda mazkur universitetning “Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. N.H. Abduraxmonova 2014 yildan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyida faoliyat ko‘rsatmoqda. N.H. Abduraxmonova mohir pedagog sifatida dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan mohirona foydalanib, o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Ish faoliyati davomida bir qancha ilmiy maqola va tezislari chop ettirgan. Biologiya fanidan respublika va xalqaro olimpiadalarida litsey o‘quvchilarining nufuzli o‘rinlarni egallashda o‘zining salmoqli ulushini qo‘shmokda. Shuningdek, o‘quvchilarni ilmiy izlanishlarga qiziqtirish borasida ham ishlar olib bormokda. N.H. Abduraxmonova doimiy ravishda o‘z malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. U har bir ishda tashabbuskor, to‘g‘riso‘z, kasbdoshlariga mehribon va g‘amxo‘r. Jamoada va o‘quvchilar orasida o‘z hurmatiga ega.

Raximov Mirzoxid Matnazarovich

Biologiya fani o'qituvchisi

Raximov Mirzaxid Matnazarovich biologiya fanidan dars beradi, tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. 2010 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirib, 2014 yilda mazkur universitetni Biologiya yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan. 2014 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakulteti “Biotexnologiya” kafedrasiga magistratura bosqichiga o‘qishga kirib, 2016 yilda Biotexnologiya mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. M.M. Raximov mehnat faoliyatini 2013 o‘quv yilidan Hamza tumanidagi 61-maktabda biologiya o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2016-2017 yillarda Yashnobod tumani Futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatida biologiya o‘qituvchisi, 2017-2019 yillarda ToshPTI qoshidagi Yunusobod akademik litseyida Biologiya o‘qituvchisi, 2019-2020 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti “Biotexnologiya” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat olib borgan, 2021 yil 2 yanvardan esa Toshkent davlat texnika universiteti rektorining 01/9-05-895 sonli buyrug‘iga asosan, ilmiy rahbar b.f.n. dotsent K.K.Nazarov yetakchiligida «Biotexnologiya» kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Umumiy ish staji - 8 yil. Ilmiy va pedagogik ish staji - 8 yil. Oliy o‘quv yurtidagi pedagogik staji – 1 yil. Shu jumladan, ToshDTUdagi pedagogik ish staji – 1 yil. Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan jami 5 ta ish e’lon qilgan bo‘lib, shulardan 1 ta maqola va 4 ta tezisdir. O‘quv jarayonida o‘quvchilarni bilimini yanada oshirish, dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan mohirona foydalanib, o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda.

KIMYO FANLAR O'QITUVCHILARI

Zaylobov Lazizbek Turgunovich

Kimyo kafedrasi mudiri, bosh o‘qituvchi

Zaylobov Laziz Turg‘unovich kimyo fanidan dars beradi, bosh o‘qituvchi, kimyo fanlari falsafa doktori. 2003 yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini “Kimyo” yo‘nalishi bo‘yicha barkalavriatini, 2005 mazkur universitetni “Kimyo” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2012 yilda Toshkent davlat pedagonika universitetida “Umumiy kimyoda oksidlanish – qaytarilish jarayonlarini o‘qitishni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish” mavzusida kimyo fanidan falsafa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy natijalar bo‘yicha Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etgan, shuningdek ko‘plab ilmiy jurnallarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. L.T. Zaylobov mazkur litseyda 2003 yildan buyon ishlamoqda. Mohir pedagog sifatida dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan mohirona foydalanib, o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Ish faoliyati davomida kimyo fanini o‘qitish metodikasiga tegishli innovatsion yangi ilmiy maqolalar tayyorladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi patent va mualliflik guvohnomalariga ega bo‘lib, kimyo fanidan elektron darslik tayyorlagan hamda kasb-hunar kolleji va akademik litsey o‘quvchilari uchun «Axborot texnologiyalari asosida kimyoning oksidlanish-qaytarilish bo‘limlarini o‘qitishni takomillashtirish» nomli uslubiy qo‘llanma nashrga tayyorlandi va chop ettirildi. Koreyada ishlab chiqarilgan jihozlardan foydalangan holda dars o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyasini ishlab chiqdi. 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 yanvardagi 13-son buyrug‘iga muvofiq akademik litseylarning ikki yillik ta’lim tizimi uchun Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va namunaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqdi. L.T. Zaylobov 2008 yildan 2020 yilga qadar kimyo fanidan xalqaro fan olimpiadalarida litsey o‘quvchilarining nufuzli o‘rinlarni egallashda o‘zining salmoqli ulushini qo‘shdi. U ta’lim berayotgan o‘quvchilari kimyo fanidan respublika va xalqaro miqiyosida o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida faol ishtirok etishmoqda. Jumladan, 2017 yilda Muxsimov Asilbek 51-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida bronza, 2018 yilda Alavitdinov Jaloliddin 52-Xalqaro Mendeleev va 50-Xalqaro kimyo olimpiadalarida bronza, 2020 yilda To‘xtaboev Rustam 54-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. L.T. Zaylobov talabchan va izlanuvchan pedagog, kasbdoshlariga va bilim berayotgan o‘quvchilariga nisbatan jonkuyar, tashabbuskor pedagog sifatida litsey jamoasi orasida obro‘-e’tiborga va hurmatga ega.

Xaydarov Dilshod Mamarasulovich

Kimyo kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Xaydarov Dilshod Mamarasulovich kimyo fanidan dars beradi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 2008 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti kimyo fakultetini “Kimyo” yo‘nalishi bo‘yicha bakalaiatini, 2011 yilda mazkur universitetning “Analitik kimyo” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etgan, ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Mehnat staji 10 yil. D.M.Xaydarov akademik litseyda 2010 yildan buyon foliyat ko‘rsatmoqda. Mohir pedagog sifatida dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan mohirona foydalanib, o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Pedagogik faoliyat bilan birga ilmiy sohada ham ish olib bordi. 2012 yildan buyon O‘zbekiston fanlar akademiyasi “Umumiy va noorganik kimyo” instituti “Fizik-kimyoviy tahlil” laboratoriyasi bilan hamkorlikda kimyo fanlari doktori, professor T.A.Azizov rahbarligida “Kalsiy va magniy suksinatlarini bir turli va aralash amidli koordinatsion birikmalari sintezi, tuzilishi va qo‘llanishining ilmiy asoslari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borib 2018 yilda kimyo fanlari falsafa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. D.M. Xaydarov ta’lim berayotgan o‘quvchilari kimyo fanidan respublika va xalqaro miqiyosida o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2019 yilda o‘tkazilgan 53-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida Boltaeva Mohira bronza, Mirakbarov Mirumid kumush medalarini qo‘lga kiritishdi. 2019 yilda 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida Boltaeva Mohira kumush medalga sazovor bo‘ldi. 2020 yilda 54-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida Mirakbarov Mirumid oltin, 53-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. O‘z ustida ishlaydigan va izlanuvchan pedagog, kasbdoshlariga va bilim berayotgan o‘quvchilariga nisbatan jonkuyar, tashabbuskor pedagog sifatida litsey jamoasi orasida obro‘-e’tiborga va hurmatga ega.

Isakulov Faxriddin Baxronovich

Kimyo kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Isakulov Faxriddin Baxronovich kimyo fanidan dars beradi, bosh o‘qituvchi. 2005 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakul’teti “Kimyo va ekologiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatini tamomlagan. 2007 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti “Noorganik kimyo” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Hozirda O‘zMU kimyo fakulteti Analitik kimyo kafedrasi mustaqil izlanuvchi (tayanch doktarant) bo‘lib, “O‘zbekistondagi kaolinlar tarkibida uchaydigan temir va ba’zi og‘ir metall ionlarini aniqlash hamda ajratib olish usullarini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Umumiy ilmiy-pedagogik staji 14 yil. F.B. Isakulov 1 ta o‘quv qo‘llanma (“Kimyo laboranti” Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan akademik litseylar uchun o‘quv qo‘llanma) va akademik litseylar uchun “Kimyo fani namunaviy o‘quv dasturi” (2021), 15 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. F.B. Isakulov akademik litseyda 2011 yil 2 sentyabrdan buyon kimyo fanidan bosh o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. U ish faoliyati davomida bilimli, tajribali va yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Kafedrada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat va qat’iat bilan bajaradi. O‘quv-uslubiy hujjatlarni mukammal darajada ishlab chiqilishiga jiddiy e’tibor beradi. O‘quvchilarga kimyo fanidan DTS talablariga muvofiq bilim berish, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib borishga intiladi. Mehnatsevar va izlanuvchan pedagog, kasbdoshlariga va bilim berayotgan o‘quvchilariga nisbatan jonkuyar, tashabbuskor pedagog sifatida litsey jamoasi orasida obro‘-e’tiborga va hurmatga ega.

Shodmonova Shaxnoza Kurdashyevna

Kimyo kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Shodmanova Shaxnoza Kurdashevna kimyo fanidan dars beradi, bosh o‘qituvchi. 2002 yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti kimyo fakultetini “Kimyo” yo‘nalishi bo‘yicha bakalaiatini, 2005 yilda mazkur universitetni “Kimyo” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Pedagogik staji 19 yil. Sh.K.Shodmonova 2013 yilda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining “Faxriy yorlig‘i”, 2016 yilda Sog‘liqni saqlash a’lochisi ko‘krak nishoni, 2017 yilda “O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 25 yilligi ko‘krak nishoni”, 2019 yilda “Shuxrat medali” bilan taqdirlangan. Sh.K.Shodmonova akademik litseyda 2006 yildan buyon foliyat ko‘rsatmoqda. Tajribali pedagog sifatida dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan mohirona foydalanib, o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Pedagogik faoliyat bilan birga ilmiy sohada ham ish olib bordi. Toshkent davlat pedagogika universitetida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Sh.K.Shodmonova o‘quvchilarni kimyo fanidan respublika va xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqda. U tayyorlagan o‘quvchilar kimyo fanidan o‘tkazlgan xaoqaro olimpiadalarda ko‘p marotaba sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar. Jumladan, Muhsimov Javlonbek 2013 yilda 47-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida kumush, 2014 yilda 46-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush va 48-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida oltin, Hakimboeva Dildora 2017 yilda 51-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida bronza, 2018 yilda 50-Xalqaro kimyo olimpiadasida bronza va 52-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida kumush, Boyirbekov Ulug‘bek 52-Xalqaro Mendeleev kimyoolimpiadasida bronza, 2019 yilda 51-Xalqaro kimyo olimpiadasida bronza va 53-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida kumush, Normurodova Nafisa 2021 yilda 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. O‘z ustida tinmay ishlaydi, mehnatsevar va izlanuvchan pedagog, kasbdoshlariga va bilim berayotgan o‘quvchilariga nisbatan jonkuyar, tashabbuskor pedagog sifatida litsey jamoasi orasida obro‘-e’tiborga va hurmatga ega.

Usmanov Baxtiyor Xabibullayevich

Kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi

Usmanov Baxtiyor Xabibullaevich kimyo fanidan dars beradi. 2000 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakul’tetini “Kimyo” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatini, 2002 yilda mazkur universitetini “Kimyo” mutaxassisligi buyicha magistraturasini tamomlagan. 2002-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti aspiranturasida, 2004-2007 yillarda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat nozik kimyoviy texnologiya akademiyasi (Moskovskaya Gosudarstvennaya akademiya tonkoy ximicheskoy texnologii) aspiranturasida tahsil olgan. Umumiy pedagogik staji 24 yil. B.X. Usmanov 5 ta o‘quv qo‘llanma va 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Maktab o‘quvchilari uchun yozilgan 10 va 11-sinf darsliklariga taqrizchi va muxarrirlik qilgan. Akademik litsey o‘quvchilari uchun yozilgan “Organik kimyo” darsligiga taqriz berib, muxarrirlik qilgan. Kimyo fani umumta’lim fan sifatida va chukurlashtirilib o‘qitiladigan yo‘nalishlar uchun 2014, 2016, 2018, 2019, 2020, 2021 yillarda joriy etilgan namunaviy fan dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan. 2020 yilda “Xalqaro Shnobel mukofoti laureatlari” ilmiy-ommabop nashri muallifi. B.X. Usmanov akademik litseyda 2013 yil 2 sentyabrdan boshlab kimyo fani o‘qituvchi vazifasida ishlab kelmoqda. 2013-2021 yillar davomida kimyo fanidan xalqaro fan olimpiadalariga o‘quvchilarni tayyorlashga o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan, o‘ning o‘quvchilari Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi, Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad — IChO) , ChemiCo xalqaro kimyo tanlovi (International Chemistry Competition ChemiCo) kabi xalqaro fan olimpiadalarda muvaffqiyatli ishtirok etishmoqda. Jumladan, Daniyarov Berdax, Xakimov Aziz, Abduxakimov Dilmurod, Talibjanova Odina, Nosirov Ravshan, Karimov Islomjon, Tuxtaboev Rustam, Isaeva Dilshodaxon, Ismatillaeva Zeboxon, Omanbaeva Dilrabo, Obidova Diyoraxon va Rozibaev Bekzodlar mazkur olimpiadalarga 2 ta oltin, 5 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan. B.X. Usmanov ish faoliyati davomida bilimli, tajribali va yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Kafedra ishlarida faol ishtirok etib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajaradi. Kafedra o‘qituvchilariga o‘quv-uslubiy hujjatlarni mukammal darajada ishlab chiqilishiga va rasmiylashtirishda, dars mashg‘ulotlarini o‘tkazishda muntazam ravishda uslubiy yordam berib kelmoqda. O‘quvchilarga kimyo fanidan bilim berishda o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib boradi. B.X. Usmanov o‘qituvchi va xodimlar jamoasi hamda o‘quvchilar orasida alohida hurmatga ega.

Makkamov Nig'matillo Qudratillo o'g'li

Kimyo kafedrasi o‘qituvchisi

Makkamov Nig‘matillo Qudratillo o‘g‘li kimyo fanidan dars beradi, oliy ma’lumotli o‘qituvchi. 2020 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetini “Kimyo o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni tamomlagan. 2020 yilda mazkur universitetning “Kimyo” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasiga o‘qishga kirgan. Umumiy pedagogik staji 1 yil. N.Q. Makkamov akademik litseyda eng yosh kimyogar o‘qituvchi. U akademik litseyda 2020 yil 2 oktyabrdan boshlab ishlab kelmoqda. O‘z ustida tinmay ishlaydi, o‘quvchilar bilan samarali ishlash, dars berishning ilg‘or uslublarini o‘rganishga jiddiy e’tibor beradi. Akademik litsey va kafedra ishlarida faol ishtirok etadi. Hozirgi kunda 2 ta ilmiy-metodik maqola, 2 ta tezis, 1 ta metodik qo‘llanma muallifi. N.Q. Makkamov pedagog xodimlar jamoasi hamda o‘quvchilar orasida alohida hurmatga ega.

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR O'QITUVCHILARI

Raimbekova Xurinisa Karimkulovna

Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri

Raimbekova Xurinisa Karimkulovna – fizika va astronomiya fanlaridan dars beradi, oliy ma’lumotli o‘qituvchi, O‘rta maxsus, kasb xunar ta’limi fidoiysi. 1982 yilda Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti) fizika fakul’tetini fizika fani o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Umumiy pedagogik staji 39 yil. X.K.Raimbekova 6 ta uslubiy qo‘llanma va 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Jumladan, “Oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan litsey, litsey-internatlarda o‘quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish” respublika anjumandagi uslubiy maqola (2000), “Fizikadan masalalar yechishi” uslubiy qo‘llanma (2004), “Akademik litseyda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish” uslubiy qo‘llanma (2006), “Vozmojnosti izucheniya izmeritelnыx priborov v kurse fiziki akademicheskix litseev” ilmiy maqola (2006). Shuningdek, “Ekonomika i sotsium” xalqaro ilmiy amaliy jurnalda 5 ta maqola chop ettirgan. X.K.Raimbekova akademik litseyda 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab fizika fani o‘qituvchi vazifasida ishlab kelmoqda. X.K.Raimbekova 2018 yil noyabr oyidan boshlab “Aniq fanlar” kafedrasi mudiri, 2021 yil 1 apreldan “Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. U ish faoliyati davomida bilimli, tajribali va yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Kafedra mudiri sifatida har o‘quv yilida kafedra oyliklarini tashkil etib o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajaradi. Kafedra o‘qituvchilariga o‘quv-uslubiy hujjatlarni mukammal darajada ishlab chiqilishiga va rasmiylashtirishda, dars mashg‘ulotlarini o‘tkazishda muntazam ravishda uslubiy yordam berib kelmoqda. O‘quvchilarga fizika va astronomiya fanlardan bilim berishda va o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib boradi. X.K.Raimbekova o‘qituvchi-xodimlar jamoasi, o‘quvchilar hamda ota-onalar orasida alohida hurmatga ega.

Nishanova Mavlyuda Mamasadikovna

Uslubchi, Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Nishanova Mavlyuda Mamasadikovna O‘quv bo‘limi uslubchisi vazifasida faoliyat ko‘rsatadi, ichki o‘rindoshlik asosida fizika va astronomiya fanlaridan dars beradi, fizika-matematika fanlari nomzodi, Xalq ta’limi a’lochisi. 1986 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) fizika fakul’tetini fizik-o‘qituvchi ixtisosligi bo‘yicha imtiyozli tamomlagan. 1992 yilda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida “Magnit yarim o‘tkazgichlar va dielektriklarning magnitooptik xossalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Umumiy ilmiy-pedagogik staji 35 yil. M.M. Nishanova 1 ta o‘quv qo‘llanma (“Fizika laboratoriya ishlari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent “O‘qituvchi” 2002) va akademik litseylar uchun “Fizika fani namunaviy o‘quv dasturi” (2005), 5 ta uslubiy qo‘llanma, 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. Bundan tashkari, bevosita uning rahbarligida ta’lim muassasalari va pedagogik kadrlar attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanma, Yo‘riqnoma, Tartib, Nizom va mezonlar ishlab chiqilgan va respublika miqyosida joriy etilgan. M.M. Nishanova akademik litseyda 2021 yil 1 fevraldan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda. U ish faoliyati davomida bilimli, tashabbuskor va yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Akademik litseyda va kafedrada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat va qat’iat bilan bajaradi. O‘z ishiga ijodiy yondoshadi. Yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar va rahbariyat topshiriqlarini o‘z vaqtida sifatli bajarishga harakat qiladi. Litseyda huquqiy-me’yoriy hujjatlarni joriy etilishini nazorat qiladi. O‘quv-uslubiy hujjatlarni mukammal darajada ishlab chiqilishiga jiddiy e’tibor beradi. Shuningdek, akademik litseyning ichki attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish, pedagog kadrlarni ichki attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha barcha uslubiy, tashkiliy ishlarni amalga oshiradi. O‘quvchilarga fizika va astronomiya fanlardan DTS talablariga muvofiq bilim berish, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib borishga intiladi. Ta’lim tizimida katta tajribaga ega kadr, talabchan va izlanuvchan xodim, kasbdoshlariga va bilim berayotgan o‘quvchilariga nisbatan jonkuyar, tashabbuskor pedagog sifatida litsey jamoasi orasida alohida obro‘-e’tibor va hurmatga ega.

O‘rinov Bobir Saydullaevich

Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi bosh o‘qituvchisi

O‘rinov Bobir Saydullaevich – Informatika va axborot texnologiyalari fanidan dars beradi. 2001 yilda Toshkent davlat pedagogika universitetining fizika-matematika fakul’tetini matematika-informatika ixtisosligi bo‘yicha bakalavriyatini tamomlagan. 2008 yilda Toshkent davlat pedagogika universitetining Informatika ixtisosligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Umumiy ilmiy-pedagogik staji 19 yil. B.S.O‘rinov akademik litseylar uchun 10 ta uslubiy qo‘llanma hamda 15 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. B.S.O‘rinov Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyida 2003 yil 2 sentyabrdan boshlab asosiy shtatda bosh o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. U ish faoliyati davomida bilimli, tajribali va yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Kafedrada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajaradi. O‘quvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib borishga intiladi. O‘quvchilar informatika fanidan puxta bilim egallashlari uchun fan asoslarini chuqur o‘rgatishga harakat qiladi, o‘z ustida tinmay ishlaydi. Mehnat jamoasida o‘z o‘rni va hurmatiga ega.

Mamatmurodova Lola Xudoyorovna

Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Mamatmurodova Lola Xudoyorovna matematika fanidan dars beradi. 1996 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) mexanika-matematika fakul’tetini matematik-o‘qituvchi ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Umumiy ilmiy-pedagogik staji 32 yil. L.X. Mamatmurodova akademik litseylar uchun 7 ta uslubiy qo‘llanma, 5 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. L.X. Mamatmurodova akademik litseyda 2001 yil 31 avgustdan boshlab katta o‘qituvchi, keyinchalik yetakchi va bosh o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, litseyda monitoring rahbari vazifasini bajaradi. U ish faoliyati davomida bilimli, tajribali va yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Kafedrada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajaradi. O‘quv-uslubiy hujjatlarni mukammal darajada ishlab chiqilishiga e’tibor beradi. O‘quvchilarga matematika fanidan DTS talablariga muvofiq bilim berish, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib borishga intiladi. Jamoada o‘z obru-e’tibori va hurmatiga ega.

Sayyidkosimova Zulfiya Sayyidjabborovna

Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Sayyidqosimova Zulfiya Sayyidjabborovna O‘zbekiston tarixi, jahon tarixi fanlaridan rus guruxlarga dars beradi. 1995 yilda Sharqshunoslik instituti tarix fakultetini Markaziy Osiyo xalqlari tarixi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan, mutaxasisligi –sharqshunos-tarixchi, fors tili fanlari o‘qituvchisi. 2008 yildan ToshPTI akademik litseyida faoliyat olib boradi. O‘tgan yillar davomida “O‘zbekiston tarixi”, “Jaxon tarixi”, “Milliy g‘oya”, “Prezident asarlarini o‘rganish”, “Dunyo dinlari tarixi” kabi fanlardan dars olib bordi. Faoliyati davomida dars beradigan fanlaridan uslubiy qo‘llanmalar, interfaol usullardagi dars ishlanmalari hamda bir qancha testlar to‘plamlarini yaratdi. Litseyda dars berish davrida bosh o‘qituvchi darajasigacha yetdi. Jamoatchilik asosida akademik litseyda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi. Akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida turli mavzularda tadbirlar, zamonamiz qahramonlari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, shuningdek sayohatlar tashkil etishda faollik ko‘rsatib kelmoqda. Turli yillarda tarixga oid qator to‘garaklar olib borgan, tarixiy voqealarga bag‘ishlangan tadbirlar, davra suhbatlari, taniqli insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etib kelmoqda. Z.S. Sayyidqosimova 2008-2021 yillarida 10 ortiq maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi. 2008-2021 yillarda beshta bitiruvchi guruhga rahbarlik qilgan va ularning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 85-96 foizni tashkil qilgan.

Salomova Dilafruz Xamzaevna

Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi

Salomova Dilafruz Xamzaevna matematika va informatika fanlaridan dars beradi. 2000 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining fizika-matematika fakultetini matematika-informatika ixtisosligi bo‘yicha imtiyozli tamomlagan. Umumiy ilmiy-pedagogik staji 22 yil. D.X. Salomova akademik litseylar uchun 3 ta uslubiy qo‘llanma hamda 15 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. D.X.Salomova Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyida 2002 yil 2 senyabrdan boshlab asosiy shtatda yetakchi o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. U ish faoliyati davomida bilimli, tajribali va yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Kafedrada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajaradi. O‘quv-uslubiy hujjatlarni mukammal darajada ishlab chiqilishiga e’tibor beradi. O‘quvchilarga matematika va informatika fanlardan DTS talablariga muvofiq bilim berish, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib borishga intiladi.

Abidova Dilfuza Muratdjanovna

Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi

Abidova Dilfuza Muratdjanovna informatika va axborot texnologiyalari fanidan dars beradi. 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini Kasbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2014 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kasbiy ta’lim (Axborot va multimedia texnologiyalari) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan. Umumiy ish staji 13 yil. D.M. Abidova 5 ta o‘quv qo‘llanma hamda 40 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. O‘ndan ortiq diplomlar, sertifikatlar hamda tashakkurnomalarga sazovor bo‘lgan. O‘z sohasidagi izlanishlaridan tashqari, litsey miqyosida o‘tkaziladigan barcha ma’naviy va ma’rifiy ishlarga faol ishtirok etadi. D.M. Abidova akademik litseyda 2009 yil 2 sentyabrdan boshlab asosiy shtatda o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida yoshlarning ishtiroki va ular orasida hamjihatlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlash borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti. Yoshlarni ma’naviy barkamol, bilimli bo‘lib kamolga yetishishida, ularning kelgusida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlarida o‘z hayotiy tajribalari bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib kelmoqda. Talabchan va izlanuvchan pedagog, kasbdoshlariga va bilim berayotgan o‘quvchilariga nisbatan jonkuyar, tashabbuskor pedagog sifatida litsey jamoasi orasida obro‘-e’tiborga va hurmatga ega.

Zokirov Xasan Shokirovich

Jismoniy tarbiya rahbari, Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Zokirov Xasan Shokirovich Jismoniy tarbiya rahbari hamda jismoniy tarbiya fanidan dars beradi. 2009 yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini kurash ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Kurash bo‘yicha sport ustasi nomzodi. Umumiy pedagogik staji 16 yil. X.Sh. Zokirov akademik litseyda 2009 yil 1 sentyabrdan boshlab jismoniy tarbiya rahbari va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchi vazifasida ishlab kelmoqda. U ish faoliyati davomida o‘zini bilimli, tajribali va o‘z ishini yetuk mutaxassisi sifatida namoyon qildi. O‘quvchilarni sport mashg‘ulotlariga qiziqtirib kelmoqda. Uning rahbarligida darsdan tashqari to‘garaklar tashkil qilinib, o‘quvchilar shu to‘garaklarga jalb qilingan. Litseyda sportning shaxmat, voleybol, stol tennisi turlari bo‘yicha to‘garaklari mavjud. X.Sh.Zokirov sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilish va bu musobaqalarni qiziqarli tarzda o‘tkazib borishga hissa qo‘shmoqda. Litsey xodimlaridan bilimi va yordamini ayamaydi. Jamoada va o‘quvchilar orasida alohida hurmatga ega.

Xoliqov Ergash Olimovich

Harbiy chaqiriqgacha tayyorgarlik rahbari, Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi oliy ma’lumotli o‘qituvchisi

Xoliqov Ergash Olimovich Harbiy chaqiriqgacha tayyorgarlik rahbari, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan dars beradi. 1992 yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutini bitirgan. 1995 yildan 2012 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida turli lavozimlarda xizmat qilgan. Xoliqov Ergash Olimovich Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasida ichki o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. U ish faoliyati davomida o‘zini bilimli, tajribali va o‘z ishining yetuk mutaxassisi sifatida namoyon qilib kelmoqda. Litsey o‘quvchilariga harbiy tayyorgarlik, fuqaro muhofazasi, tibbiy bilim asoslari bo‘yicha mavzularni ilmiy asosda yetkazib berishga hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor bermoqda. O‘quvchilar bilan o‘tkazilgan trening mashg‘ulotlari orqali ularni hayotga tayyorlashga ko‘mak bermoqda, ona Vatanga muhabbat tuyg‘usini kuchaytirish va haqiqiy vatan himoyachisi qilib tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Ergasheva Zulxumor Sherkulovna

Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi oliy ma’lumotli o‘qituvchisi

Ergasheva Zulxumor Sherkulovna Tarix va Davlat va huquq asoslari fanlaridan dars beradi. 1989 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti) tarix fakultetini tarix va jamiyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. 1994 yilda mazkur oliy ta’lim muassasasida Huquqiy bilim asoslari o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha ikkinchi mutaxasislikni tamomladi. Umumiy ped staji 34 yil. Z.Sh. Ergasheva bitta o‘quv qo‘llanma (“O‘zbek urug‘larining etnik shakllanishi jarayonlari tarixidan”) va 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. Z.Sh. Ergasheva akademik litseyda 1999 yil 1 sentabrdan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda. 1999-2018 yillarda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, 2019 yildan oliy ma’lumotli o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Z.Sh.Ergasheva o‘z faoliyati davomida tajribali mutaxasis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. O‘quvchilarga O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Davlat va huquq asoslari fanlaridan DTS talablariga muvofiq bilim berib, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun yangi zamonaviy pedagogik va axborot – kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanib qizikarli mashg‘ulotlar olib bormoqda.

TILLAR KAFEDRASI O'QITUVCHILARI

Abdisharipova Tleubike Jumashevna

Tillar kafedrasi mudiri, bosh o‘qituvchi

Abdisharipova Tleubike Jumashevna ona tili va adabiyot, o‘zbek tili fanlaridan dars beradi, asosiy shtatda bosh o‘qituvchi. 1987 yilda Nukus davlat universitetining filologiya fakul’tetini o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Umumiy ilmiy-pedagogik staji 34 yil. T.J. Abdisharipova 2 ta o‘quv qo‘llanma ( “O‘zbek tili”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2013 va “O‘zbek adabiyoti ” akademik litseylarning rusiyzabon o‘quvchilari uchun qo‘llanma), 10 dan ortiq respublika va xalqaro jurnallarda ilmiy-uslubiy maqolalari chop etilgan. T.J. Abdisharipova akademik litseyda 2000 yil 1 noyabrdan boshlab bosh o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. U ish faoliyati davomida bilimli, tajribali va yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Kafedrada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat va qat’iyat bilan bajaradi. O‘quv-uslubiy hujjatlarni mukammal darajada ishlab chiqilishiga jiddiy e’tibor beradi. O‘quvchilarga o‘zbek tili va adabiyoti fanlaridan DTS talablariga muvofiq bilim berish, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib borishga intiladi. T.J. Abdisharipova akademik litseyning Tillar kafedrasida 15 yildan buyon kafedra mudirligi lavozimida faoliyat yuritadi. Kafedra mudiri sifatida har o‘quv yilida kafedra oyliklarini tashkil etib o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajaradi. Kafedra o‘qituvchilariga o‘quv-uslubiy hujjatlarni mukammal darajada ishlab chiqishilarida, dars mashg‘ulotlarini qiziqarli hamda samarali o‘tkazishlarida muntazam ravishda uslubiy yordam berib kelmoqda. T.J. Abdisharipova pedagogik jamoa va ota-onalar hamda o‘quvchilar orasida alohida hurmatga ega.

Shoyimova Shoira Sanakulovna

Tillar kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Shoyimova Shoira Sanakulovna ona tili va adabiyoti fanidar dars beradi. 2004 yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bakalaviatura bosqichini tomomlagan. 2020 yilda Toshkent viloyati Chirchiq Pedagogika institutining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasiga o‘qishga kirgan. Umumiy ish staji 21 yil. Sh.S. Shoyimova 2 ta uslubiy qo‘llarmalari va 17 ta ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. O‘z sohasidagi faoliyati bilan bir qatorda akademik litseyda o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy ishlar bilan ham shug‘ullanadi. Sh.S. Shoyimova akademik litseyda 2011 yil 2 sentyabrdan boshlab asosiy shtatda bosh o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida yoshlarning ishtiroki va ular orasida hamjihatlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlash borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti. Yoshlarni ma’naviy barkamol, bilimli bo‘lib kamolga yetishishida, ularning kelgusida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlarida o‘z hayotiy tajribalari bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib kelmoqda. Sh.S. Shoyimova mas’uliyatli va izlanuvchan pedagog, kasbdoshlariga va bilim berayotgan o‘quvchilariga nisbatan jonkuyar, tashabbuskor pedagog sifatida litsey jamoasi orasida obro‘-e’tiborga ega.

Kadirova Nilufar Olimovna

Tillar kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Kadirova Nilufar Olimovna ona tili, adabiyot fanlaridan dars beradi, asosiy shtatda bosh o‘qituvchi. 1999 yilda Buxoro davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakul’tetini ona tili adabiyoti o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha imtiyozli tamomlagan. 2019 yil Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining magistratura bo‘limida o‘qishga qabul qilinib, 2021 yilda uni imtiyozli tamomlagan. Umumiy ilmiy-pedagogik staji 21 yil. N.O. Kadirova 2 ta o‘quv qo‘llanma (“Adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash”, 2017 y., “O‘zbek tili” uslubiy qo‘llanma, 2018 y.), 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifidir. Ayni damda PhD darajasi uchun mavzu tanlab, ilmiy ish ustida tadqiqotlar olib bormoqda. N.O. Kadirova akademik litseyda 2003 yil 2 sentyabrdan boshlab asosiy shtatda bosh o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. U ish faoliyati davomida bilimli, tajribali va yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Kafedrada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajaradi. O‘quvchilarga ona tili, adabiyot fanlardan DTS talablariga muvofiq bilim berish, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib borishga intiladi. Uning ko‘plab ochiq darslari, ish tajribasi respublika jurnallarida, O‘zbekiston milliy telekanali hamda O‘zbekiston tarixi kanallarida yoritilgan. N.O. Kadirova ilmiy metodik ishlarini, kichik tadqiqotlarini litsey o‘quvchilari orasida olib borib, ularning natijalarini ilmiy-metodik jurnallarda e’lon qilib boradi. 2020 yil 4–5 sentyabrda Turkiyada onlayn tarzda o‘tkazilgan birinchi turkiy tillar qurultoyida ishtirok etib, ilmiy izlanishlari natijasiga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan chiqish qildi.

Ibragimova Ozoda Ismoilovna

Tillar kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Ibragimova Ozoda Ismoilovna ona tili va adabiyot, o‘zbek tili fanlaridan dars beradi, bosh o‘qituvchi. 2004 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakul’tetini o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Umumiy ilmiy-pedagogik staji 17 yil. O.I. Ibragimova 2 ta o‘quv qo‘llanma (“Leksikologiya”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2015, “Adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish”. Toshkent 2017) yaratgan, respublika va xalqaro jurnallarda 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar chop ettirgan. O.I. Ibragimova akademik litseyda 1998 yil 1 sentyabrdan boshlab bosh o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu paytgacha 4 ta guruh rahbarligini olib bordi. U ish faoliyati davomida bilimli, tajribali va mas’uliyatli xodim sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Kafedrada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajaradi. O‘quvchilarga o‘zbek tili va adabiyoti fanlaridan DTS talablariga muvofiq bilim berish, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib borishga intiladi. O.I. Ibragimova pedagogik jamoa va o‘quvchilar orasida hurmatga ega.

Akbaeva Muattar Turaevna

Tillar kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Akbaeva Muattar Turaevna rus tili va adabiyoti fanidan dars beradi, asosiy shtatda bosh o‘qituvchi. 1997 yil Toshkent davlat universtiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning rus filologiyasi fakultetini tamomlagan. Umumiy ish staji 22 yil. M.T. Akbaeva 7 ta ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. Shahar miqyosida 4 marta ochiq dars o‘tkazib bergan. Bitiruvchi kurs o‘quvchilari oliy ta’limga 100% o‘qishga kirganligi bilan jamoada hurmat qozongan. O‘ndan ortiq diplomlar, sertifikatlar hamda tashakkurnomalarga sazovor bo‘lgan. M.T. Akbaeva akademik litseyda 2009 yil 3 sentyabrdan boshlab asosiy shtatda bosh o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z sohasidagi izlanishlaridan tashqari akademik litseyda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham faol qatnashadi. Mas’uliyatli, talabchan va tashabbuskor pedagog sifatida litsey jamoasi orasida obro‘-e’tiborga va hurmatga ega.

Karimova Nadejda Valentinovna

Tillar kafedrasi bosh o‘qituvchisi

Karimova Nadejda Valentinovna rus tili va adabiyoti fanidan dars beradi, bosh o‘qituvchi. 1988 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti) rus tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Umumiy pedagogik staji 30 yil. 7 ta metodik qo‘llanma, 10 dan oltiq ilmiy maqolalar muallifi. N.V. Karimova akademik litseyda 2011 yil sentyabr oyidan boshlab asosiy shtatda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Litseydagi faoliyati davomida o‘zini tajribali o‘qituvchi, jonkuyar va mehribon tarbiyachi, mas’uliyatli va tashabbuskor xodim sifatida ko‘rsatdi. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni vaqtida va sifatli bajarishga harakat qiladi, jamoat va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etadi. Litseydagi 10 yillik faoliyati davomida oliy ma’lumotli mutaxassis toifasidan katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi toifasini qo‘lga kiritdi. U ta’lim bergan guruhlarda o‘quvchilarning bilim sifati 84-96 foizni tashkil etadi. O‘quvchilarining 82-92 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmoqda. N.V. Karimova 2011 yildan buyon rus tili va adabiyoti fanidan olimpiadalarga ishtirok etadigan o‘quvchilar uchun “Yosh filolog” to‘garagini olib boradi. 2017-2020 yillar davomida Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga qabul jarayonida ekspert va apellyatsiya komissiyalari a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2019 yilda Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti apellyatsiya komissiyasiga ekspert sifatida jalb qilingan. 2021 yil apreldan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi kasaba uyushma qo‘mitasi a’zosi.

Abdullaeva Adiba Israilovna

Tillar kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi

Abdullaeva Adiba Israilovna rus tili fanidan dars beradi, asosiy shtatda yetakchi o‘qituvchi. 1991 yilda Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tugatgan. Mutaxassisligi milliy maktablarda rus tili o‘qituvchisi. Umumiy ish staji 28 yil. A.I. Abdullaeva akademik litseyda 1998 yil 2 senyabrdan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘quvchilarga rus tilini o‘rgatish bilan bir qatorda yurtimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida yoshlarning ishtiroki va ular orasida hamjihatlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlash borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti. Yoshlarni ma’naviy barkamol, bilimli bo‘lib kamolga yetishishida, ularning kelgusida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlarida o‘z hayotiy tajribalari bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib kelmoqda.

Tursunmatov Aziz Avazovich

Tillar kafedrasi yetakchi o’qituvchisi

Tursunmatov Aziz Avazovich ingliz tili fanidan dars beradi, yetakchi o’qituvchi. 2006 yilda O’zbekiston jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakul’tetini bitirgan. O’ndan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar muallifi. O’quvchilari shahar olimpiadasida faxrli o’rinlarni egallaganligi bilan jamoada hurmat qozongan. Test markazi tomonidan o’tkazilgan tilni bilish daraja testidan B2 daraja hamda ustama uchun o’tkazilgan imtihondan sertifikatlarga ega. O’z sohasidagi izlanishlardan tashqari litseydagi jamoat ishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga ham faol qatnashadi. A.A.Tursunmatov akademik litseyda 2007 yil 3 sentyabrdan boshlab asosiy shtatda yetakchi o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ingliz tilini o‘quvchilarga chuqur o‘rgatishda o‘z ish uslubiga ega bo‘lgan tajribali pedagog. Mamalakatimizda so‘ngi vaqtlarda o‘quvchilarga bir nechta xorijiy tilni puxta egallashlarini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga harakat qilmoqda. Izlanuvchan va tashabbuskor pedagog, mas’uliyatli xodim sifatida litsey jamoasi orasida obro‘-e’tiborga va hurmatga ega.

Matyoqubova Shohida Abiyrovna

Tillar kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi

Matyoqubova Shohida Abiyrovna ingliz tili fanidan dars beradi, asosiy shtatda yetakchi o‘qituvchi. 2004 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakultetini Filologiya (ingliz tili) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan. Umumiy ish staji 13 yil. Sh.A. Matyoqubova 5 ta ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi. O‘ndan ortiq diplomlar, sertifikatlar hamda tashakkurnomalarga ega. Sh.A. Matyoqubova akademik litseyda 2012 yil 2 sentyabrdan boshlab asosiy shtatda yetakchi o‘qituvchi vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Yoshlarni ma’naviy barkamol, bilimli bo‘lib kamolga yetishishida, ularning kelgusida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlarida o‘z hayotiy tajribalari bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib kelmoqda.

Razokova Zulxumor Abdukadirovna

Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Razokova Zulxumor Abdukadirovna ingliz tili fanidan dars beradi, lavozimi katta o‘qituvchi. 1999 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) xorijiy filologiya fakultetini filolog, ingliz tili va adabiyoti o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Umumiy pedagogik staji 22 yil. Z.A. Razakova akademik litseyda 2017 yil 2 sentyabrdan boshlab faoliyat ko‘rsatmokda. 2019 yilda Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, 15 foizlik ustama sertifikatiga ega bo‘ldi. U litsey jamoat ishlarida o‘zining jonkuyarligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab izlanishlar qilmoqda. Dars jarayonlarining qiziqarli va samarali o‘tishida o‘z mahoratini ko‘rsatib berish qobiliyatiga ega. Talabchan va tirishqoq pedagog, kelajakda o‘quvchilarning har tomonlama o‘sib ulgayishida jonbozlik ko‘rsata oladigan, litsey jamoasi orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mehribon ustozlardan biri.

Qoraboeva Qarshigul Koldarovna

Kadrlar bo‘yicha inspektor, Tillar kafedrasi o‘qituvchisi

Qoraboeva Qarshigul Koldarovna Kadrlar bo‘yicha inspektor, o‘zbek guruhlarida rus tili fanidan dars beradi. 1993 yilda O‘zbekiston jahon tillari universitetini “Milliy maktablarda rus tili va adabiyot” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Q.K. Qoraboeva akademik litseydagi mehnat faoliyatini 2001 yil milliy guruhlarda rus tili va adabiyot o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2002 yildan buyon litsey o‘quvchilariga rus tili va adabiyot fanidan dars berish bilan birgalikda akademik litsey kadrlar bo‘limi inspektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 20 yillik faoliyati davomida yoshlarga bilim berish, ularning tilga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish borasida bir qancha ishlarni amalga oshirdi. Jumladan ingliz, fransuz va o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar uchun “Russkiy yazыk” o‘quv qo‘llanmasi, litsey o‘quvchilari uchun “Ruscha-o‘zbekcha ”lug‘atni o‘quv jarayoniga tadbiq etdi. Bundan tashqari “Milliy guruhlar uchun rus dialogik nutqini o‘rganish”, ”Rus tili va adabiyotni o‘qitish amaliyotida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha” uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 2019-2020 o‘quv yilida “Lyubiteli russkogo yazыka” to‘garagiga rahbarlik qilib, litsey o‘quvchilarining darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va rus tilini mukammal o‘rganishlari uchun ham samarali mehnat qildi. Q.K. Qoraboeva kadrlar bo‘yicha inspektor sifatida akademik litsey pedagogik jamoasini har tomonlama yetuk, o‘z kasbiga mehr qo‘ygan, chuqur intellektual bilimga ega pedagoglar bilan to‘ldirishga alohida hissa qo‘shmoqda. mutaxassisdan katta mas’uliyatni talab qiladi. Bugungi kunda jamoada 45 nafar pedagog faoliyat yuritib, ulardan 1 nafari fan doktori, 7 nafari fan nomzodi, 21 nafari bosh o‘qituvchi, 7 nafari yetakchi, 6 nafari katta va 11 nafari oliy ma’lumotli o‘qituvchilar yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, yoshlarning iste’dodini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. O‘zining halol mehnati, shijoati, bilimi va keng dunyoqarashi bilan hamkasblari va o‘quvchilar o‘rtasida o‘z o‘rniga ega.