YEGJIMOV ABDULLA SAPARBOEVICH

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Egjimov Abdulla Saparboevich — moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Yegjimov Abdulla Saparboevich moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlaydi.

2014 yilda Toshkent davlat agrar universitetini “O‘rmonchilik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan.

A.S. Yegjimov 2017 yildan buyon akademik litseyda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ish faoliyati davomida tajribali va mas’uliyatli mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. U o‘ziga yuklatilgan vazifani vijdonan bajaradi. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondoshadi. Akademik litseyning moddiy-texnik ta’minotini kuchaytirishda, mavjud jihozlardan samarali foydalanishni ta’minlashda o‘zining munosib xissasini qo‘shib kelmoqda. Litsey xodimlaridan bilimi va yordamini ayamaydi. Jamoada va o‘quvchilar orasida alohida hurmatga ega.