Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi

Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasida jami 10 nafar o‘qituvchi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya bermoqda. Ulardan 4 nafari bosh o‘qituvchi, 1 nafari katta o‘qituvchi, 2 nafari yetakchi o‘qituvchi, 5 nafari oliy ma’lumotli o‘qituvchi. O‘qituvchilarning 8 nafari asosiy shtatda, 6 nafari ichki o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada bir nafar o‘qituvchi fan nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Kafedra tarkibiga quyidagi fanlar kiradi:

— Algebra;

— Geometriya;

— Fizika;

— Astronomiya;

— Informatika va axborot texnologiyalari;

— O‘zbekiston tarixi;

— Jahon tarixi;

— Davlat va huquq asoslari;

— Geografiya;

— Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik;

— Jismoniy tarbiya.

Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari akademik litseyning o‘quv, uslubiy, ilmiy, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedrada sog‘lom ijodiy muhit yaratilgan, kafedra  o‘qituvchilari o‘z ustida tinmay ishlaydi. O‘qitish sifatini oshirish, o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish, ochiq darslarni o‘tkazish kabi masalalar kafedra yig‘ilishlari va seminarlarida muntazam muhokama qilinadi. Kafedra o‘qituvchilari akademik litseylar uchun o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar yaratishda ishtirok etib kelishmoqda. O‘qituvchilar tomonidan yaratilgan ko‘plab ilmiy maqolalar respublika va xalqaro jurnallarda e’lon qilingan.

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan har bir o‘qituvchi tasdiqlangan reja asosida har o‘quv yilida kamida bir marta ochiq dars o‘tadi. Ochiq darslarga akademik litsey rahbariyati, boshqa kafedralarning tajribali va yosh o‘qituvchilari  va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari taklif qilinadi. Ochiq dars – har bir o‘qituvchi uchun mas’uliyatli va jiddiy sinov. O‘qituvchi bu jarayonda o‘zining butun tajribasi va qobiliyatini namoyon qilishi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda fanning eng so‘nggi yutuqlarga asoslanib namunali va qiziqarli dars mashg‘uloti o‘tishi, ko‘zlangan maqsadga va o‘quvchilarning yuz foiz faolligiga to‘liq erishilishi talab etiladi. Ochiq darslarning natijalari kafedrada muhokama etilib, tegishli xulosalar beriladi va ularning sifatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi.  

Kaferda o‘qituvchilari tarbiyaviy ishlarda ham faol qatnashadi, 4 nafar o‘qituvchi guruh rahbari sifati o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishmoqda. Akademik litseyda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda kafedra o‘qituvchilari muntazam va faol ishtirok etishmoqda.

Har o‘quv yilida aniq va ijtimoiy fanlar oyligi o‘tkaziladi. Unda ochiq darslar, seminar, konferensiya, KVN va fanlar bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, akademik litsey foyesida devoriy gazetalar ko‘rgazmasi, o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan fanga oid ko‘rgazmalar, uslubiy va ilmiy maqolalar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan quyidagi to‘garaklar mavjud:

  1. “Yosh matematik” to‘garagi;
  2. “Matematika — saritsa vsex nauk” to‘garagi;
  3. “Eynshteynovsы” to‘garagi;
  4. “Planetalarga sayoxat” to‘garagi;
  5. “Siz qonunni bilasizmi?” to‘garagi;
  6. “O‘zbekiston Vatanim manim” to‘garagi;
  7. “Vatanparvar” to‘garagi;
  8. “Sport” to‘garaklari;
  9. “Dasturlash” to‘garagi.

Kafedrada uztoz-shogird maktabi yaratilgan bo‘lib, unda tajribali o‘qituvchilarga kafedraning yosh o‘qituvchilari biriktirilgan. Ushbu maktabda tajribali o‘qituvchilar yosh o‘qituvchilarni darslarini muntazam tahlil qilib, dars sifatlarini oshirish borasida amaliy yordam ko‘rsatadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarorida belgilangan  vazifalarni amalga oshirish maqsadida Aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi bilan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining “Biofizika va tibbiy informatika”, “Fuqarolik jamiyati va pedagogika-psixologiya” va “Falsafa” kafedralari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shartnomalarga muvofiq o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish hamda o‘quv, ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar o‘tkazish, fanlar bo‘yicha ishchi dasturlarini takomillashtirish, ularning davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv reja va dasturlariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘llanma, elektron darslik), ilmiy, uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi materiallarni tayyorlashda amaliy yordam berish, ta’lim jarayoniga ilg‘or o‘qitish uslublarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini dars mashg‘ulotlarida qo‘llash, institut kafedralari tasarrufidagi auditoriyalar, kutubxona, o‘quv xonalari va laboratoriya xonalaridan foydalanishga imkon yaratish, akademik litseydagi iqtidorli o‘quvchilar bilan kafedralar professor-o‘qituvchilarining qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishlariga shart-sharoit yaratib berish, akademik litsey o‘qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, hamkorlikdagi ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy materiallar  nashr ettirish, akademik litseyda va institutda o‘tkazilayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish, umumbashariy va milliy qadriyatlarni e’zozlashga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, insoniy fazilatlarni qadrlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish kabi sohalarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda kafedrada institut kafedralari bilan mazkur shartnomalar asosida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.