RAHBARIYAT

ISHANKULOV ARTIKBAY

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining direktori

Ishankulov Artikbay — 1997 yildan buyon akademik litseyga rahbarlik qilib kelmoqda. Ma’lumoti oliy, 1972 yilda Toshkent meditsina institutini sanitariya ishi, sanitariya vrachi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Biologiya fanlari doktori, professor. Ilmiy-pedagogik faoliyati 49 yil. A. Ishankulov yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, yoshlarning iste’dodini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish borasida o‘z maktabini yaratgan mohir pedagog, salohiyatli olim va tajribali rahbar. A. Ishankulov o‘z faoliyatida xalqaro fan olimpiadalaridagi muvaffaqiyati bilan O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tibori va qudratini oshirishga katta hissa qo‘shmoqda. Uning rahbarligi ostida 2008-2021 yillarda akademik litsey o‘quvchilari dunyoning turli davlatlarida bo‘lib o‘tgan fan olimpiadalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, jami 80 ta: 11 ta “oltin”, 24 ta “kumush” va 45 ta “bronza” medallariga sazovor bo‘lishdi. A. Ishankulov biologiya fanidan Janubiy Koreya (2010 y.), kimyo fanidan Turkiya (2011 y.), AQSh (2012 y.), Rossiya (2013 y.), Ozarbayjon (2015 y), Gruziya (2016 y.),Tailand (2017y.), Slovakiya va Chexiya (2018 y.), Fransiya (2019 y.) Jahon olimpiadalarida, hamda Rossiya (2014 y.) 48-Xalqaro Mendeleev olimpiadasi, Qozog‘iston (2017 y.) 51-Xalqaro Mendeleev olimpiadasi, Belarus (2018 y.) 52-Xalqaro Mendeleev olimpiadasi va Sankt-Peterburg (2019 y.) 53-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida Xalqaro hakamlar hay’ati a’zosi, O‘zbekiston terma jamoasiga rahbarlik qilgan. A. Ishankulov 15 dan ortiq darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 2011-2019 yillar mobaynida umumta’lim fanlaridan 9 ta darslik tayyorlagan. 2016 yilda “Biologiya”(8 nashr) darsligi yilning eng yaxshi o‘quv adabiyoti nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. 2017 yilda umumta’lim maktablarining 10 — sinflari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va 2018 yilda umumta’lim maktablarining 11 — sinf o‘quvchilari uchun “Biologiya” darsligi o‘zbek va rus tillarida chop etildi. 2017 yilda umumta’lim maktablarining 10 — sinflari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va 2018 yilda umumta’lim maktablarining 11 — sinf o‘quvchilari uchun “Biologiya” darsligi o‘zbek va rus tillarida chop etildi. U rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasida 47 nafar o‘qituvchi (1 fan doktori, 7 nafar fan nomzodi) o‘quvchilarga ta’lim bermoqda. Ular mehnati ham davlatimiz tomonidan e’tirof etilib, 1 nafar o‘qituvchi 2008 yilda “Shuhrat”medali, 2013 yilda “Do‘stlik”ordeni, yana bir nafar o‘qituvchi 2019 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Akademik litseyda o‘quvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari ham yuqori darajada. 2018-2019 o‘quv yilida 465 nafar bitiruvchining 427 nafari (92%), 2019-2020 o‘quv yilida 131 nafar bitiruvchining 18 nafar (90%) oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. A. Ishankulovning fidokorona va samarali mehnati xukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib kelinmoqda. 2008 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun ordeni” bilan, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan mukofotlangan. Bundan tashqari, A.Ishankulov “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi a’lochisi” (2003 y.) “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” (2009 y.), “Xalq ta’limi a’lochisi” (2014 y.) ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi, 15 yilligi, 20 va 25 yilligi ko‘krak nishonlari sohibi. Ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Ekologiya, inson va tabiat xavfsizligi fanlari Xalqaro Akademiyasi (MANEB, 2009y.), Pedagogik ta’lim fanlari Xalqaro Akademiyasi (MANPO, 2014 y.) Akademigi etib saylangan.

YEGJIMOV ABDULLA SAPARBOEVICH

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Yegjimov Abdulla Saparboevich moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlaydi. 2014 yilda Toshkent davlat agrar universitetini “O‘rmonchilik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan. A.S. Yegjimov 2017 yildan buyon akademik litseyda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ish faoliyati davomida tajribali va mas’uliyatli mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsatdi. U o‘ziga yuklatilgan vazifani vijdonan bajaradi. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondoshadi. Akademik litseyning moddiy-texnik ta’minotini kuchaytirishda, mavjud jihozlardan samarali foydalanishni ta’minlashda o‘zining munosib xissasini qo‘shib kelmoqda. Litsey xodimlaridan bilimi va yordamini ayamaydi. Jamoada va o‘quvchilar orasida alohida hurmatga ega.